AQSh prezidentligiga Respublikachilardan nomzod, milliarder Donald Tramp saylovoldi poygasida demokrat Hillari Klintondan o‘zib ketdi. Bu haqda CNN/ORC tomonidan o‘tkazilgan oxirgi so‘rov natijalari guvohlik bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Trampni saylovchilarning 45 foizi, Klintonni esa 43 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda. Libertarian partiyasi yetakchisi Geri Jonson 7 foiz, Yashil partiya nomzodi Jill Stayn esa 2 foiz ovoz to‘pladi.
CNN/ORC tomonidan bir oy muqaddam o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra Klinton xonim Trampdan 8 foizga oldinda edi.
Eslatib o‘tamiz, Ipsos so‘roviga ko‘ra, Tramp Klintondan 1 foizga oldinda edi.
Izoh (0)