6-sentabrdan 7-sentabrga o‘tar kechasi Sankt-Peterburg shahridagi Manejniy maydonidagi favvora ko‘pikka to‘ldi. Unga shampun yoki idish-tovoq yuvish vositasi quyib yuborilgani taxmin qilinmoqda, deb xabar beradi TJournal.
Shaharning tegishli xizmatlari jurnalistlarga favvorani tozalash uchun uni vaqtinchalik o‘chirish talab etilishini bildirdi. Aylanma tizimdagi suv chiqarib tashlanadi, shundan so‘ng asbob-uskunalar tozalanadi, ishlar yakunlangach, favvora yana suvga to‘ldiriladi.
Shahar suvsozlik xizmati fuqarolarga murojaat qilib, favvoralarga bu kabi ko‘pikli suyuqlik va vositalar to‘kmaslikni iltimos qiladi.
Bir necha soat ichida ijtimoiy tarmoqlarda ushbu “ko‘pikli favvora” aks etgan o‘nlab fotosuratlar joylashtirildi.
https://www.instagram.com/p/BKC3DkthkSH/
https://www.instagram.com/p/BKB8-h3B5A-/
Izoh (0)