AQShning Ogayo shtati universiteti talabasi Reychel Braun Twitter’dagi sahifasiga auditoriyadagi talaba yigitning garov o‘ynab, qog‘oz to‘pni chelakka tushirgan videoni joyladi, deb xabar bermoqda TJournal.
Reychel Braunning so‘zlariga ko‘ra, organik kimyo fani professori talabalarga qog‘oz to‘pni uloqtirib, uni auditoriyaga qarama-qarshi tomonda, xonaning oxirida joylashgan chelakka tushirishni taklif qildi hamda bu ishni har yili takrorlashini aytib o‘tdi. Agar qog‘oz to‘p chelakka tushirilsa, professor mukofot sifatida butun guruhga kimyo fanidan birinchi test uchun eng yuqori – 100 ball qo‘yishga va’da berdi.
Vinni Forte ismli talaba qog‘ozni chelakka aniq joyladi va uning xatti-harakatlari butun auditoriya tomonidan olqishlandi. Bir necha soniyali video esa 100 mingdan ortiq “retvit” yig‘di. Videoning ommalashib ketishiga BuzzFeed va The Telegraph kabi OAVlar sababchi bo‘ldi.
https://twitter.com/yo_rochelle/status/771767113048584193
Izoh (0)