Tel-Avivning shimoliy qismidagi qurilish maydonchasida yuz bergan o‘pirilish oqibatida kamida 30 kishi jarohatlandi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar bermoqda.
Hodisa Ramat a-Xayyal hududidagi A-Barzel ko‘chasida sodir bo‘ldi. Politsiya vakilining ma’lum qilishicha, binoning bir nechta qavati o‘pirildi va o‘pirilish xavfi hamon mavjud.
Xabarda qayd etilishicha, qurilish krani ag‘darilgan. Voqea joyidan jabrlangan 9 kishi evakuatsiya qilindi. Bir kishi og‘ir ahvolda, ikki nafari o‘rta darajadagi jarohatlar olgan. Olti kishi yengil jabrlangan.
Politsiya xodimlari bedarak yo‘qolgan quruvchilarni topish uchun voqea joyiga kirishga urinmoqda. Yong‘in xavfsizligi vakillarining ma’lum qilishicha, vayronalar ostida qolganlar soni noma’lum. Voqea joyida kamida 60 nafar o‘t o‘chiruvchi ishlamoqda.
Izoh (0)