Filippin prezidenti Rodrigo Duterte amerikalik hamkasbi Barak Obamani fohishaning o‘g‘li deb atab, unga inson huquqlari bo‘yicha maslahatlari bilan “har yerga burun tiqmaslik”ni maslahat berdi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
Filippin rahbari 5-sentabr kuni Laosda o‘tadigan Sharqiy Osiyo sammiti arafasida bergan matbuot anjumanida bu haqda aytib o‘tdi.
“Sen hurmat ko‘rsatishing lozim. Savol va bayonotlarni ko‘paytirish kerak emas. Fohishaning o‘g‘li, men sammitda seni qarg‘ayman”, — dedi u.
CNN telekanalining bildirishicha, sammit doirasida Obama Duterte bilan uchrashuv o‘tkazib, Filippinda inson huquqlariga rioya etilishi muammolarini ko‘tarishi kutilmoqda.
Izoh (0)