Germaniya va uning sheriklari tinchlik hukm suradigan Suriyani prezident Bashar Asad boshchiligida qurish mumkin emas deb hisoblaydi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayer ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Vazirga ko‘ra, Moskvaning Suriyadagi vaziyatga aralashuvi Asad tuzumi barqarorligi va mavqeyini mustahkamladi. “Biroq bu biz va sheriklarimiz munosabatida hech narsani o‘zgartirmaydi: prezident Bashar Asad boshchiligidagi tinch Suriyani tasavvur etolmaymiz”, — deya ta’kidladi Shtaynmayer.
U Rossiya va AQSh Suriyada tinchlik o‘rnatilishi bo‘yicha kelishuvga erishishiga umid bildirdi.
Izoh (0)