Britaniya poytaxtidagi Temza daryosida 1666-yilgi yong‘in xotirasiga 120 metrli eski Londonning maketi yoqib yuborildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
XVII asrdagi London aks ettirilgan haykaltaroshlik kompozitsiyasiga poytaxtda 350 yil ilgari yuz bergan Buyuk yong‘in xotirasiga o‘t qo‘yildi. Loyiha muallifi amerikalik Devid Best bo‘lib, g‘oyani amalga oshirish uchun mahalliy aholidan ko‘ngillilar ko‘mak berdi. Ulkan yong‘inni tomosha qilish uchun yuzlab tomoshabin to‘plandi.
Londonda Buyuk yong‘in 1666-yilning 2-sentabrida boshlangan edi. Olov to‘rt kun davomida avjiga chiqqan. Uylarning katta qismi yo‘q bo‘lib, 100 mingga yaqin aholi boshpanasiz qolgan. Shahar esa deyarli qaytadan qurilgan.
Izoh (0)