Ispaniya parlamenti 2-sentabr, juma kuni ikkinchi marotaba hukumat raisi vazifasini bajaruvchi va Xalq partiyasi yetakchisi Mariano Raxoyni bosh vazir lavozimiga tasdiqlamadi. O‘tgan galgidek, uning nomzodini 350 deputatdan faqat 170 nafari ma’qulladi, deya xabar beradi “TASS”.
31-avgust, chorshanba kuni ovoz berishning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tgan va unda ham Kongress deputatlari Raxoy nomzodini tasdiqlamagandi. Mazkur jarayon ikkinchi bor takrorlangani sababli mamlakatda bir yil mobaynida uchinchi saylovlar tayinlanishi, parlamentning ikki palatasi esa tarqatib yuborilishi mumkin.
Izoh (0)