Moskva shimoli-sharqidagi o‘tgan hafta yong‘in sodir bo‘lgan va 17 kishi halok bo‘lgan bosmaxona rahbarlariga nisbatan federal qidiruv e’lon qilindi. “Pechatniy ekspress” MChJ bosh direktori Sergey Moskvin va bosh muhandisi Anton Yatskovga “Yong‘in xavfsizligi talablarini buzish” moddasi bo‘yicha sirtdan ayb qo‘yildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
27-avgust kuni bosmaxona omborida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida Rossiyaning uch, Qirg‘izistonning 14 nafar fuqarosi halok bo‘ldi. Yana uch nafar qirg‘izistonlik turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan Moskva kasalxonalarida qolmoqda.
Rossiya Bosh prokuraturasiga ko‘ra, yong‘in qurboni bo‘lgan 12 nafar qirg‘izistonlik ayoldan atigi ikki nafari mamlakat hududida qonuniy asosda bo‘lgan va Moskvada ro‘yxatda turgan.
Izoh (0)