Fransiya poytaxti yaqinidagi Vensen shahri politsiyalari pichoq bilan qurollangan ruhiy xasta kishini otib o‘ldirdi. Bu haqda politsiyadagi manbaga tayanib, AFP ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
29 yoshli erkak ruhiy holati yomonlashgani sababli onasi qo‘ng‘irog‘iga binoan uyga kelgan ikki hamshiraga pichoq bilan tashlandi. Ular uydan qochib chiqib, politsiyani chaqirdi.
Politsiya hodisa joyiga kelganda bemor ayol-politsiyachining bo‘yniga pichoq bilan zarba berdi. Bunga javoban politsiyachilar o‘t ochdi va uni otib o‘ldirdi. Ayol kasalxonaga yotqizildi, uning hayoti xavf ostida emasligi aytilmoqda.
Izoh (0)