Rossiya tashqi ishlar vazirligi Braziliya senatining Dilma Russeffni prezidentlik mansabidan chetlashtirish qarorini mamlakatning ichki ishi deb hisoblaydi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Ilgariroq oshkor etgan pozitsiyamiz o‘zgarmasligini va izchil davom etishini tasdiqlaymiz. Braziliyada sodir bo‘layotgan ishlar ushbu davlatning ichki ishidir”, — deyiladi RF TIV saytida joylashtirilgan xabarnomada.
Izoh (0)