Gabonda oxirgi ikki kun mobaynida mamlakatni larzaga keltirayotgan tartibsizliklarda ishtirok etgan 1,1 ming kishi qo‘lga olindi. Bu haqda, mamlakat ichki ishlar vaziri Pakom Mubele-Bubeyyaning bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, poytaxt Libervilda 600–800 kishi qo‘lga olingan. Ularning yonidan granata va avtomatlar topilgan.
Ilgariroq politsiya 200 kishi qo‘lga olinganini ma’lum qilgan edi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan saylovlarda amaldagi prezident Ali Ben Bongo Ondimba g‘alaba qozondi. Muxolifat saylov natijalarini shubha olmoqda. Muxolifat tarafdorlari butun mamlakat bo‘ylab norozilik aksiyalarini uyushtirmoqda.
Izoh (0)