AQSh va Turkiya prezidentlari Barak Obama va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Xitoyda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida Anqara tomonidan 15-iyulgi harbiy isyon tashkilotchiligida ayblanayotgan Fathulloh Gulenni topshirish masalasini muhokama qiladi. Ayni paytda Gulen AQShda istiqomat qilib kelmoqda, deb xabar beradi “TASS”.
Erdo‘g‘onning vakillari jurnalistlarning bu boradagi savollariga javob berarkan, “Fathulloh Gulen terror tashkiloti” yetakchisini vataniga qaytarish masalasi kun tartibida turishini ta’kidlab o‘tdi.
G20 sammiti 4–5-sentabr kunlari Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)