IShID terrorchi guruhining mafkuraviy yetakchilaridan biri Abu Muhammad al-Adnoniy Rossiyaning Su-34 samolyoti amalga oshirgan bombardimonda halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi bayonot berdi, deb ma’lum qiladi “Vedomosti”.
Ilgariroq Pentagon al-Adnoniyning halokati hozircha tasdiqlanmaganini tan oldi, ammo u Aleppo shimoli-sharqidagi al-Bob shahrida koalitsiya kuchlaridan yuqori aniqlikda qurollar bilan nishonga olingani ta’kidlandi.
O‘z navbatida, 31-avgust kuni Rossiya mudofaa vazirligi Su-34 bombardimonchisi Alepponing Ma’ratat-um-Xaush tumanida IShIDning 40 jangarisi yo‘q qilingani, razvedka ma’lumotlariga qaraganda, ular orasida al-Adnoniy ham bo‘lgani haqida bayonot berdi.
Al-Adnoniy IShIDning rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiydan keyingi kishisi bo‘lib, G‘arbiy Yevropa va AQShda uyushtirilgan qator teraktlar uchun javobgardir.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)