AQSh xastaliklarni nazorat va profilaktika qilish federal markazlari mamlakat hududida Zika virusiga qarshi kurashishda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu haqda, tashkilot rahbari Tom Fridenning bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Amalda biz pulsiz qolmoqdamiz, bizga AQSh Kongressi ishtiroki zarur, bu masalalar tezkor va samarali yechilishiga yordam beradi”, — dedi u Vashingtonda bo‘lib o‘tgan tibbiy konferensiyada qilgan chiqishida.
Joriy yilda federal markazlarga Zika virusiga qarshi kurash olib borish maqsadida taqdim etilgan 222 million dollar mablag‘ning 200 million dollarlik qismi sarflab bo‘lindi, deb ma’lum qildi Friden. Qolgan pullar sentabr o‘rtalarida tugashi kutilmoqda.
Shuningdek, Friden ayni paytda AQShda tashuvchi chivinlar faolligi avj pallaga chiqayotganidan ogohlantirdi.