Yaponiya poytaxti Tokio shahrida 30-avgust, seshanba kuni turar-joy binosining yettinchi qavatidan yiqilgan 2 yoshli bolakay omon qoldi. Bu haqda FVV vazifalarini bajaruvchi Tokio yong‘inga qarshi kurash boshqarmasi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Xabarda qayd etilishicha, yiqilish chog‘ida bolakay jiddiy jarohatlar olmagan, uning hayoti xavf ostida emas. Ayni damda politsiya voqea sabablarini o‘rganmoqda.
Izoh (0)