Misr hukumati istisno chora tartibida G‘azo sektori bilan o‘rtadagi “Rafax” nazorat-o‘tkazish punktini qaytadan ishga tushirdi. Bu ish Haj safariga yo‘l olayotgan falastinliklarga imkon berish maqsadida amalga oshirildi, deb xabar beradi “TASS”.
Mahalliy matbuotning bildirishicha, chegara terminali uch kun davomida — 30-avgustdan 1-sentabrga qadar ishlab turadi.
Bu vaqt ichida chegara punktidan 2,3 ming falastinlik o‘tishi kutilmoqda. Birinchi kuni post 800 ziyoratchini qabul qiladi.
Ayni paytda Misr hududiga o‘tgan bir qancha ziyoratchilar avtobuslarda, kuchaytirilgan qo‘riqlov kuzatuvida Qohira xalqaro aeroportiga yetkazilmoqda.
Terminal ishlab turadigan uch kun davomida mamlakat xavfsizlik tizimlari yuqori harbiy tayyorgarlik darajasida bo‘ladi.
Nazorat-o‘tkazish punkti faqatgina ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatadi.