Osiyo Taraqqiyot banki transport tizimini modernizatsiya qilish uchun Qozog‘istonga 240 million dollar miqdorida kredit ajratadi. Bu haqda bank matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Osiyo Taraqqiyot banki transport xizmatining yaxshilanishi Qozog‘iston va Sharqiy Osiyo, Kaspiy dengizi hududi hamda Yevropa bozorlari o‘rtasidagi savdo aloqalarining ko‘payishiga ko‘mak berishini qayd etdi.
Ajratilgan mablag‘lar Qozog‘istonning g‘arbiy qismidagi Aktobe—Makat yo‘lining 299 kilometrga yaqin vayron bo‘lgan qismini tiklash uchun sarflanadi.
Loyihaning amalga oshirilishi Ostona va Aktobe hamda neft qazib oluvchi va mineral resurslarga boy shahar Atirau, shuningdek, mamlakatning yagona xalqaro dengiz savdo porti Aktau bilan transport aloqalarini o‘rnatish imkonini beradi.
Izoh (0)