Moskva shahrining shimoli-sharqida kelib chiqqan yong‘inda halok bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarolarining tanalari samolyotda vataniga qaytarildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, yong‘in oqibatida halok bo‘lgan 17 kishidan 14 nafari Qirg‘iziston fuqarolaridir. Ular Rossiyaga ishlash uchun tashrif buyurgan muhojirlar ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)