Jangarilar tomonidan nazorat qilinayotgan sharqiy Alepponi 100 mingdan ortiq bola tark eta olmayapti. Bu haqda 26-avgust, juma kuni YuNISEF ijrochi direktori Entoni Leyk ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
U aholiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun Aleppodagi jangovar harakatlarda tezroq gumanitar tanaffus o‘rnatishga chaqirdi.
“Shaharning sharqiy tumanlarida 100 mingdan ortiq bola qamalda”, — dedi u va shaharning sharqiy qismida 35 ming kishi jangovar harakatlar tufayli o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lganligini qo‘shimcha qildi.
“Aleppodagi bolalar dunyoning eng xatarli shaharlaridan birida hujumga uchrashdan doim qo‘rquvda yashamasligi kerak. Biroq tinchlik o‘rnatilmagunga qadar odamlarni qutqarish va ularga umid bag‘ishlash uchun gumanitar tanaffuslar juda zarur”, — deya ta’kidladi Entoni Leyk.
Izoh (0)