Oq Uyda oxirgi yarim asr mobaynida ishlagan, iqtisodiy maslahatchilar qo‘mitasiga a’zo bo‘lgan arboblardan hech biri Respublikachilar nomzodi Donald Trampni qo‘llab-quvvatlamaydi. “Vedomosti”ning bildirishicha, The Wall Street Journal mutaxassislari ilgari qo‘mitaga a’zo bo‘lgan va bugun tirik bo‘lgan 45 kishi bilan bog‘landi.
Ular Richard Nikson davridan boshlab jami sakkiz prezidentga maslahatchi bo‘lgan.
Respublikachi prezidentlar huzurida ishlagan 17 mutaxassisning hech biri Trampni qo‘llab-quvvatlamadi. Olti nafari o‘z pozitsiyasini izhor etdi, 11 nafari esa o‘z nuqtai nazarini oshkor aytmadi.
Demokrat prezidentlar huzurida ishlagan 20 iqtisodchining 13 nafari Hillari Klintonni yoqladi, yetti nafari o‘z pozitsiyasini oshkor etmadi.
Izoh (0)