O‘zbekistonda 27-avgust, shanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, mamlakat bo‘ylab havo harorati +36...+38 daraja issiq bo‘ladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 27-avgustga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +10...+15 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida havo harorati +20 darajagacha, qolgan barcha hududlarda +21 darajagacha iliq bo‘ladi.
Shanba kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati +22...+27 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Toshkent shahrida +36 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo +37 darajagacha, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida +38 darajagacha issiq bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)