Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 20-turning ikki uchrashuviga yakun yasaldi.
Bunga qadar bir xilda ochko jamg‘arib, turnir jadvalida yonma-yon borayotgan “Sho‘rtan” va “Navbahor” klublari o‘zaro G‘uzorda to‘qnash keldi. Namanganlik futbolchilar 82-daqiqada penaltidan gol urib, safar g‘alabasi uchun birinchi qadamni tashlagandi. Biroq hakam tomonidan qo‘shib berilgan uch daqiqada ikkita gol urgan “Sho‘rtan” g‘alabani ilib ketdi.
25-avgust sanasidan joy olgan ikkinchi o‘yin “Obod” va “Metallurg” o‘rtasida kechib, g‘olib jamoa aniqlanmadi — 1:1.
Turning qolgan 3 ta bellashuvi bugun — 26-avgustda bo‘lib o‘tadi. Milliy terma jamoaning yig‘ini sabab “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Bunyodkor” klublari ishtirokidagi bellashuvlar boshqa sanaga qoldirilgan, ammo o‘sha sana qachon ekaniga oydinlik kiritilmagan.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 20-tur bellashuvlari 25-avgust, payshanba
“Sho‘rtan” — “Navbahor” 3:2
Gollar: Abbos Omonov, 18 (1:0). Akrom Bahriddinov, 45 (1:1). Akrom Bahriddinov, 82-pen (1:2). G‘ulom Rahmonov, 90+2 (2:2). Zafar Polvonov, 90+3 (3:2).“Obod” — “Metallurg” 1:1
Gollar: Ayubxon No‘’monov, 38 (0:1). Shohruz Norxonov, 60 (1:1).26-avgust, juma“Qo‘qon—1912” — “Nasaf”“Andijon” — “Buxoro”“So‘g‘diyona” — “Neftchi”
Izoh (0)