Isroilning elektron kuzatish uchun kompyuter dasturlari ishlab chiqaruvchi NSO Group firmasi Amerikaning Apple kompaniyasi ishlab chiqargan qurilmalar iOS operatsion tizimidagi himoya zaifligidan foydalanib ma’lumotlarini ruxsatsiz olish imkonini beruvchi vositani aniqladi. Bu haqda The New York Times gazetasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
NSO Group’ning dasturiy vositalari matnli xabarlar, elektron xatlarni o‘qish, qo‘ng‘iroqlar va aloqalarni kuzatish imkonini beradi. Ularning yordamida hatto audio yozuvlar qilish, parollarni yozib olish va telefon foydalanuvchisining qayerda ekanligini aniqlash mumkin.
The New York Times’ning ma’lum qilishicha, josuslik dasturlari dastlab axborot himoyasi sohasida faoliyat yurituvchi Lookout va Citizen Lab kompaniyalari mutaxassislari tomonidan aniqlangan. Ularning har ikkalasi buni tasdiqlagan.
Lookout va Citizen Lab o‘z rasmiy saytlarida xodimlari Apple’ni josuslik dasturlari haqida ogohlantirganligini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng Kaliforniya kompaniyasi iOS uchun yangilangan 9.3.5 versiyasini chiqardi. Uni allaqachon foydalanuvchilar yuklab olishi mumkin.
Izoh (0)