Toshkentda LG kompaniyasining X screen smartfoni sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Qurilma 1,76 dyuymli qo‘shimcha ikkinchi displeyga ega ekanligi bilan farqlanadi.
Uning yordamida asosiy displeydagi narsadan chalg‘imagan holda, eng ko‘p foydalaniladigan dasturlarni ochish, qo‘ng‘iroqlarga javob berish yoki shunchaki musiqani yoqish mumkin. Ikkinchi displey, suningdek, foydalanuvchiga smartfonni yoqmasdan turib, batareya darajasini tekshirish, vaqt va sanani ko‘rish, bildirishnomalarni qabul qilish imkonini beradi.
LG X screen 4,93 dyuymli va 1280×720 pikselli asosiy ekran, 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira, to‘rt yadroli chipset, 2300 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ldi. Smartfon Android 6.0 operatsion tizimida ishlaydi.
Toshkentdagi “Fleshka” savdo majmuasida LG X screen’ni 1 280 000 so‘mga xarid qilish mumkin.
Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
Izoh (0)