Agar bir-ikki daqiqa vaqtingizni behuda sarflamoqchi yoki shunchaki, chalg‘imoqchi bo‘lsangiz, Google qidiruv tizimini ochavering. Endi u o‘yin platformasi hamdir, deb yozadi “Layfxaker”.
Google qidiruv tizimida krestik-nolik yoki pasyans o‘yinini o‘ynash mumkin. Buning uchun qidiruv satriga tic-tac-toe (krestiki-noliki) yoki solitaire (pasyans) so‘zini kiritish kifoya.
Ushbu funksiya Chrome’ning desktop brauzerida ham, mobil versiyasida ham mavjud bo‘ladi. “Krestik-nolik” bevosita qidiruv natijalarida chiqadi, pasyans esa alohida oynachada ochiladi.
Hozircha o‘yinlar barcha hududlargacha yetib bormagan, shu tufayli qidiruvingiz natijalarida ularni ko‘rmasligingiz mumkin. Biroz kutish kerak, xolos.
Izoh (0)