OPEKda neft ishlab chiqarish bo‘yicha uchinchi o‘rinda turuvchi Eron neft bozoridagi narxlarning qayta tiklanishi masalasida kartelning boshqa a’zolari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda 26-avgust, juma kuni Eron neft vaziri Bijan Namdar Zangane jurnalistlarga ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Eron neft bozorini qayta tiklashda ko‘mak berish uchun OPEK bilan hamkorlik qiladi. Biroq bozorda qo‘ldan chiqargan ulushimizni tiklash huquqimiz ham e’tiborga olinishini kutmoqdamiz”, — dedi vazir.
26—28-sentabr kunlari Jazoirda Xalqaro energetik forum bo‘lib o‘tadi. Forum doirasida neftni eksport qiluvchi mamlakatlar uni qazib olishni “muzlatib qo‘yish” masalasida muzokaralar o‘tkazish niyatida.
Xalqaro energetika agentligining ma’lumotlariga qaraganda, iyul oyida Erondan neft eksporti sutkasiga 2 million barrelni tashkil etgan. Sanksiya joriy etilgunga qadar, 2012-yilning o‘rtalarida Eron sutkasiga 2,2 million barrelga yaqin neft eksport qilgan.
Izoh (0)