Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining xodimlari respublika poytaxtida mamlakatda amal qilayotgan terrorchilik tashkilotining yetakchisini qo‘lga oldi. Bu haqda qo‘mitaning rasmiy vakili Rohat Sulaymonov ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, ismi va sharifi tergov manfaatlarida oshkor etilmayotgan qo‘lga olinuvchi yashirin terrorchilik guruhining rahbari hisoblanadi.
Qamoqqa olingan 24 yoshli fuqaro tintuv qilinganda Makarov to‘pponchasi, RGD-5 granatasi, portlovchi qurilmani detonatsiya qiluvchi simlar, o‘q-dorilar, shuningdek, ekstremistik mazmundagi materiallar topilgan.
Boshqarma vakilining ta’kidlashicha, operatsiyani o‘tkazish chog‘ida Milliy xavfsizlik xodimlari tomonidan qurol qo‘llanilmagan. “Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tegishli tezkor qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda”, — deya ta’kidladi Sulaymonov.
Izoh (0)