Bugun, 24-avgust kuni futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez shu yilning 10-sentabridan 1-oktabriga qadar futzal bo‘yicha Kolumbiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etadigan 14 nafar futzalchi nomini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yakuniy ro‘yxatdan quyidagi o‘yinchilar joy oldi.
Darvozabonlar
Rustam Umarov (26.05.1984, “Olmaliq”)
Akmal Xazratqulov (31.03.1990, “Do‘stlik-AIN”)
O‘yinchilar
Shuhrat Tojiboyev (18.02.1981, “Olmaliq”)
Javlon Anorov (08.05.1984, “Olmaliq”)
Konstantin Sviridov (11.03.1988, “Olmaliq”)
Artur Yunusov (08.10.1987, “Ardus”)
Farhod Abdumavlonov (12.11.1987, “Ardus”)
Dilshod Irsaliyev (31.12.1983, “Ardus”)
Davron Choriyev (01.01.1993, “Ardus”)
Dilshod Rahmatov (04.12.1989, “Ardus”)
Nodir Eliboyev (02.10.1982, “Ardus”)
Ilhom Hamroyev (25.09.1997, “Ardus”)
Feruz Faxriddinov (25.03.1991, “Do‘stlik-AIN”)
Mashrab Odilov (15.08.1994, “Bunyodkor”)
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh–2016 turnirining “A” guruhida Kolumbiya, Portugaliya va Panama terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Musobaqaning 1-turida o‘zbekistonlik futzalchilar Panamaga qarshi kurash olib boradi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 11-sentabr kuni 04:00 da boshlanadi.
Izoh (0)