Amerikaning McDonald’s yemakxonalar tarmog‘i 30 milliondan ortiq plastik bilaguzukni chaqirib olishini ma’lum qildi. Ular bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Happy Meals taomlar to‘plamini xarid qilgan paytda tekinga beriladi. deya xabar bermoqda “TASS”.
Ular terini qichishtirishi, hatto kuydirishi ham mumkin. AQShda ulardan 29 million dona, Kanadada esa 3,6 million dona sotilgan.
“Zudlik bilan Step-It Fitness bilaguzuklarini bolalardan olib qo‘ying va ularni istalgan McDonald’s restoraniga qaytarib, o‘yinchoq, yogurt yoki olma bo‘laklari paketiga almashtirib oling”, — deya ogohlantirdi kompaniya.
Kompaniya bilaguzuklarni taqish oqibatlari yuzasidan 70 dan ortiq shikoyat olganligini tan oldi. Ular Xitoyda besh xil rangda ishlab chiqilgan bo‘lib, bolalar jismoniy mashg‘ulotlarini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Chaqirib olinayotgan partiya 9—17-avgustda ishlab chiqarilgan.
Kompaniya hozirgi paytda ushbu mahsulotlarni barcha restoranlaridan tezkorlik bilan chaqirib olayotganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)