Rossiyalik sportchilarning Rio-de-Janeyrodagi Paralimpiya o‘yinlaridan chetlashtirilishi shafqatsizlikdir. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a’zosi, uch karra Olimpiya chempioni, rossiyalik sportchi Yelena Isinbayeva aytib o‘tdi, deb ma’lum qiladi “RBK”.
“Biz jamoaning asosiy qismiga ruxsat tegishini kutayotgan edik, lekin nima bo‘lganini ko‘rdingiz. Ular mudhish qaror qabul qildi”, — dedi u.
Isinbayeva paralimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilishini aytdi.
“Shaxsan men va biz ulardan har birining qayg‘usi va alamini tushunamiz va his etamiz”, — ta’kidladi u.
Eslatib o‘tamiz, Sport arbitraj sudi (CAS) Xalqaro paralimpiya qo‘mitasining rossiyaliklarga nisbatan qo‘llagan qaroriga apellyatsiyasini qoniqtirmadi hamda Rossiya termasiga 7–18-sentabr kunlari Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga ruxsat bermadi.
Izoh (0)