Yaponiyadagi issiq ob-havo oxirgi haftada 5,4 mingdan ortiq odamning shifoxonaga yotqizilishiga sabab bo‘ldi, yana quyosh urishidan besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 23-avgust, seshanba kuni mamlakatning Bosh yong‘in boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
15—21-avgust kunlari mamlakatning markaziy qismida issiq ob-havo biroz pasaygan, shuning uchun shifoxonaga joylashtirilganlar soni avvalgi haftaga qaraganda kamaygan.
Rasmiylarning ma’lum qilishicha, jaziramadan eng ko‘p 65 yoshdan katta keksa kishilar aziyat chekmoqda.
Yaponiyada issiq ob-havo iyun oyi o‘rtasidan buyon davom etmoqda. Faqat iyul, avgust oylarida 30 mingdan ortiq odam shifoxonaga yotqizildi.
Izoh (0)