Germaniya kansleri Angela Merkel Passauer Neue Presse’ga bergan intervyusida Suriyaning Aleppo shahridagi vayronaliklar ko‘lamidan larzaga kelganini aytdi, shu bilan birga, Rossiya va Suriya rahbariyatini ikkiyuzlamachilikda aybladi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Aleppoda yuz berayotgan voqealar — bu dahshat, gumanitar fojia. Aleppoda qolgan ozgina shifokorlardan kelayotgan yordam murojaatlari bizni shok holatiga tushirmoqda”, — dedi u.
Merkelning fikricha, rasmiy Moskva va Damashq taklif qilayotgan har kuni uch soatlik tinchlik rejimi ikkiyuzlamachilikdan boshqa narsa emas.
“Barcha xalqaro gumanitar tashkilotlar bu vaqt muhtojlarga zarur narsalarni yetkazish uchun kamlik qilishini aytmoqda. BMT talab qilganidek, har hafta kamida 48 soatlik tinchlik rejimi zarur”, — ta’kidladi Merkel.
Izoh (0)