Ukrainaning Xerson viloyatida tarvuz olib ketayotgan yuk mashinasi olov oldi. Uni o‘chirishda qo‘l ostidagi vositalardan foydalanishga to‘g‘ri keldi, deb xabar beradi “Birmir.net”.
Xerson viloyat ma’muriyati raisi Andrey Gordeyev o‘t o‘chirish jarayonida shaxsan ishtirok etdi.
“Qiziq kun. Ertalabdan Qrim bilan chegarani ko‘rib chiqdik, mudofaani kuchaytirish tadbirlarini rejalashtirdik. Kechki payt, uyga qaytishda, Kaxovsk tumanidagi Bryunetka qishlog‘i trassasida yuk mashinasiga o‘t ketibdi, uni o‘chirdik. Boshqa haydovchilar ham to‘xtab, yordamga keldi, olovni tarvuzlar yordamida o‘chirishga keldi, chunki olov o‘chirgichlar tezda tugadi. Tezkorlik va birdamlik tufayli olovni qisqa muddatda yengdik. Dushmanni ham shunday yengamiz — ukrain xalqining birligida”, — deb yozdi u Facebook’dagi sahifasida.
Izoh (0)