Rossiya Erondagi harbiy bazadan chiqib ketdi, lekin, shunga qaramay, rasmiy Moskva kelajakda Eron infrastrukturasidan, shu jumladan, Hamadondagi bazadan Suriyada terrorchilarning marralariga zarba berishda foydalanishda biror cheklov yoki to‘siqqa duch kelmaydi. Bu haqda, Rossiyaning Tehrondagi elchisi Levan Jagaryanga asoslanib, Forbes’ning ruscha versiyasi ma’lum qilmoqda.
Ilgariroq Eron matbuotida rossiyalik harbiylar Hamadondagi bazadan chiqib ketgani xabar qilingan edi. Bu borada bayonot bergan Eron TIV vakili Bahrom Qosimiy Rossiya tomonidan Shahid Nuja bazasining qo‘llanilishi yakuniga yetganini tasdiqlagan edi.
Izoh (0)