Rio—2016 Olimpiadasining 97 kilogrammgacha bo‘lgan erkin kurashchilari o‘rtasidagi turnirida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Magomed Ibragimov bronza medali uchun gilamga chiqadigan bo‘ldi.
Chorak finalda o‘zbekistonlik sportchidan ustunlik qilgan ozarbayjonlik Xetag Gazyumov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, Magomed Ibragimovga medallar uchun kurashni davom ettirish imkonini yaratdi.
Ozarbayjonlik sportchi Rio oltin medali uchun amerikalik Kayl Snayder bilan kurash tushadi. Magomed Ibragimov esa bronza medalini olish uchun yarim finalda mag‘lub bo‘lganlardan gruziyalik Elizbar Odikadze yoki ukrainalik Valeriy Andreysevlardan biriga raqib bo‘ladi.
Izoh (0)