Kanoeda eshkak eshish musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Gerasim Kochnev hamda Serik Mirbekov yarim final bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi.
Juftlik 1000 metr masofani 3:40.77 daqiqa ko‘rsatkich bilan bosib o‘tib, yakunda uchinchi natija qayd etdi va final chiptasini qo‘lga kiritdi. Marraga Ukraina va Kuba sportchilari dastlabki ikki o‘rinda yetib keldi.
Final bosqichida o‘zbekistonlik sportchilar Rio—2016 medallari uchun kurash olib boradi. Bunda ularga Vengriya, Ukraina, Germaniya, Braziliya, Kuba, Chexiya va Rossiya terma jamoalari raqib bo‘ladi.
Izoh (0)