17-avgustga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar Ligasining pley-off bosqichidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
“Manchester Siti” jamoasi safarda Ruminiyaning “Styaua” klubini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, “Borussiya” Myonxengladbax jamoasi 3:1 hisobida “Yang Boyz” futbolchilarini taslim qildi.
Rossiya vitse-chempioni “Rostov” Gollandiyada “Ayaks” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Quyida dastlabki bosqichdan o‘rin olgan natijalar bilan tanishing.
YeChL, pley-off bosqichi. Dastlabki uchrashuvlar
“Styaua” (Ruminiya) – “Manchester Siti” (Angliya) – 0:5 (0:2)
Gollar: 0:1 – 13 Silva, 0:2 – 41 Aguero, 0:3 – 49 Nolito, 0:4 – 78 Aguero, 0:5 – 89 Aguero.Manchester Siti – Kabalyero, Stounz, Kolarov (Klishi, 75), Sabaleta (Sanya, 70), Otamendi, Fernandinyo, Silva, de Bryuyne (Fernando, 79), Sterling, Nolito, Aguero.
Ogohlantirishlar: Sabaleta (4), Kolarov (53), Tudoriye (57), Toshka (58), Tamash (86).
Izoh (0)