Shimoliy Koreya yadroviy qurol yasashda boyitilgan urandan foydalanishda davom etadi, shuningdek, yadroviy sinovlar o‘tkazishni to‘xtatmaydi. Bu haqda KXDR atom energiyasi tadqiqot instituti Yaponiyaning Kyodo agentligiga bergan izohida aytib o‘tdi, deb ma’lum qiladi “TASS”.
“Yadroviy sinovlar to‘xtatilmaydi”, — ma’lum qildi institut vakili yozma javobida.
Agentlik ma’lumotlariga qaraganda, tadqiqot instituti Yonbyondagi yadroviy reaktorda plutoniy olish maqsadida foydalanilgan yadroviy yoqilg‘ini qayta ishlash amaliyotini qaytadan boshlab yubordi.
Izoh (0)