O‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov harakat qiladigan Qatarning “Al-Jaish” klubi Seydu Keyta bilan 6 oylik shartnoma imzoladi.
“Championat.asia” malilik futbolchi Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etishini qayd etgan.
Mali terma jamoasi sharafini 100 dan ortiq o‘yinda himoya qilgan Keyta o‘z vaqtida “Barselona”, “Valensiya”, “Roma”, “Marsel” kabi klublar sharafini himoya qilgandi. “Al-Jaish” uning Osiyo qit’asidagi ikkinchi jamoasi bo‘ladi. Keyta bunga qadar Xitoyning “Dalian Ayerbin” jamoasida ham o‘ynagan.
Osiyo Chempionlar Ligasining chorak finaliga yo‘l olgan “Al-Jaish” “Lavhiya”dan Dame Traoreni ham harid qilgani aytilgan. 18-avgust kuni yangi futbolchilarni tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)