Bangkok politsiyasiga yo‘llardagi xavfsizlik choralarini kuchaytirish va rulda ommabop Pokemon Go o‘yinini o‘ynayotgan haydovchilarni hibsga olish haqida buyruq berildi. Bu haqda poytaxt politsiyasi rahbari o‘rinbosari Adul Narongsak ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Bu kabi holat yo‘l harakatining boshqa qatnashchilari xavfsizligiga tahdid qiladi va qonunchilikni buzish hisoblanadi”, — dedi general Narongsak. U qoidabuzar hibsga olingandan so‘ng uni qanday jazo kutayotganligiga aniqlik kiritmadi.
Mahalliy qonunchilikka ko‘ra, Tailandda mashina haydash davomida telefondan foydalanganlik uchun jarima 400—1000 bat (11,7—29,4 dollar)ni tashkil etadi.
Pokemon Go o‘yini Tailandda juda ommabop bo‘lib, pokemonlarni nafaqat piyodalar, balki avtobus, avtomobil va mototsikl haydovchilari ham faol ovlamoqda.
Mahalliy OAVlarning ma’lum qilishicha, mazkur dastur bilan haddan ortiq mashg‘ul bo‘lish allaqachon bir nechta yo‘l hodisalariga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)