Kaliforniya shtatining shimoliy qismida avj olgan yirik tabiiy yong‘in oqibatida 100 dan ortiq uy yo‘q bo‘ldi. Bu haqda Associated Press agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Yong‘in San-Fransiskodan 150 kilometr shimolda joylashgan Louer-Leyk shahri hududida yuzaga kelgan. Olov 15 kilometr kvadratga yaqin maydonni egallab olgan. Hukumat yong‘in tarqalgan hududlar yaqinida istiqomat qiluvchi 1,4 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qildi.
Mahalliy o‘t o‘chirish boshqarmasining ma’lum qilishicha, olov bir necha ming uy va qurilishga tahdid solmoqda. Jabrlanganlar haqida ma’lum qilinmadi.
Agentlikning qayd etishicha, yong‘inga qarshi kurashishga hududdagi issiq va quruq ob-havo xalaqit bermoqda.
Izoh (0)