Rio—2016 Olimpiadasining og‘ir atletika sport turida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan va -105 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Ruslan Nuriddinov mamlakat terma jamoasiga ikkinchi oltin medalni taqdim qildi.
Dast ko‘tarishda 194 kiloramm, siltab ko‘tarishda 237 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundira olgan Nuriddinov jami 431 kilogramm natija bilan birinchi o‘rinni egalladi. “Sports.uz”ning ma’lum qilishicha, ushbu natija Olimpiada rekordi sifatida qayd etildi.
Quyida Ruslan Nuriddinovning g‘alabali onlari muhrlangan fotosuratlarni ko‘rishingiz mumkin.
Ta’kidlash joiz, ushbu bahslarda boshqa bir o‘zbekistonlik sportchi — Ivan Yefremov ham ishtirok etgandi. U dast ko‘tarishda 194 kilogramm, siltab ko‘tarishda esa 220 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundirib, jami 414 kilogramm natija bilan 5-o‘rinni qayd etdi.
Izoh (0)