Iroq Kurdistonida faoliyat yurituvchi Kurdistan TV telekanali jurnalisti “peshmerg” harbiylashgan mahalliy guruhlari tomonidan IShID terrorchilik guruhiga qarshi Iroqning Mosul shahri yaqinida o‘tkazilgan keng ko‘lamli operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS”. Telekanal bayonotida aytilishicha, uning yana bir xodimi jabrlangan.
“Telestansiyada ishlaydigan operator Mustafo Said halok bo‘ldi. Muxbir Xayman Nankali yaralandi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, kurd tilidagi Rudaw telekanali suratga olish guruhi ekstremistlar tomonidan yog‘dirilgan o‘q yomg‘iri ostida qoldi. “Peshmerg” otryadlari ularni qutqarib qoldi, ammo chet ellik jurnalistlardan biri yaralandi.
Izoh (0)