AQShning Luiziana shtatidagi eng yirik suv toshqini hududidan evakuatsiya qilingan kishilar soni 7 ming kishiga yetdi, deb yozadi “TASS” shtat gubernatori Jon Edvardsga tayanib.
Shtatning ba’zi tumanlarida suv sathi pasaygan bo‘lsa, ba’zilarida, aksincha, ko‘tarilgan. Shu tufayli, gubernator aholini “bo‘shashmaslikka va havo yaxshilangan taqdirda ham, shahar tashqarisiga sayrga chiqmaslikka” chaqirdi.
Edvards toshqinlar oqibatida uch kishi halok bo‘lganini tasdiqladi. Bunda gap kuchli suv oqimi ostida qolgan avtomobilchilar haqida bormoqda.
Gubernator shtatda favqulodda holat rejimini joriy qildi, u 10-sentabrga qadar amal qiladi.
Suv toshqinlari AQSh janubida 11-avgustdan buyon to‘xtovsiz quyayotgan jala oqibatida yuzaga keldi. Ko‘plab aholi punktlarida ko‘chalar, uy va do‘konlarning pastki qavatlari, mashinalar suv ostida qoldi.
Izoh (0)