Rio—2016 Olimpiadasining 52 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi turnirida o‘zbekistonlik Shahobiddin Zoirov o‘z yurishini boshladi.
O‘zining birinchi jangida irlandiyalik Brendan Irvinga qarshi ringga ko‘tarilgan Zoirov, raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va har uchala raundni ham o‘z foydasiga hal qildi.
1/16 final doirasidagi bu g‘alabasidan keyin o‘zbekistonlik bokschi nimchorak finalga yo‘llanma oldi. Medallar uchun Zoirov kamida yana 2 ta jangni o‘z foydasiga hal qilishi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)