Rossiyaning Tyumen shahridagi hayvonot bog‘ida mushuk yangi tug‘ilgan maymunga g‘amxo‘rlik qilmoqda. Bu haqda, muassasa mudirasi Tatyana Antropovaning so‘zlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Mushuk yangi tug‘ilgan maymunga onalik qilmoqda. U maymunchani ustiga o‘tqazadi, enagalik qiladi, ular birga sayr qiladi va uxlaydi. Mushuk saymiri bolasi bilan kecha-kunduz birga”, — dedi u.
Antropovaning aytishicha, urg‘ochi saymirilardan biri yangi tug‘ilgan bolasidan voz kechgan. Bola sutli qorishma ichadi, yura olmaydi va boshqa jonivorlarning ustida o‘tiribgina harakatlanishi mumkin. Shu vaziyatda mushuk unga g‘amxo‘rlik qila boshlagan.
Ayni paytda mushuk, maymunchani ko‘tarib yurish va unga g‘amxo‘rlik qilishdan tashqari, tana haroratini ham ushlab turibdi, bu esa bolakayga tirik qolish imkoniyatini bermoqda.
Izoh (0)