Tailand bosh vazir Prayut Chan-Ocha mamlakat hududida yangi portlashlarning oldini olish uchun barcha zarur choralarni qabul qilish haqida farmoyish berdi. Bu haqda hukumat matbuot kotibi Sansern Kayevkamnerd jurnalistlarga ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Bosh vazir tegishli boshqarmalarga portlashlarning oldini olish, odamlar ommaviy to‘planadigan joylarda xavfsizlikni kuchaytirish haqida tezkor farmoyish berdi, shuningdek, ushbu favqulodda vaziyat uchun mas’ullarni tayinladi”, — dedi Kayevkamnerd.
Bosh vazir o‘rinbosari va mudofaa vaziri Pravit Vongsuvan Tailand hukumati terrorchilik harakatlari sababchilarini albatta topishini ma’lum qildi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Tailand kurortlarida 11—12-avgust kunlari yuz bergan bir qator portlashlar oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar yaralangan.
Izoh (0)