Rio-de-Janeyro shahriga jo‘nab ketgan 11 nafar o‘zbekistonlik bokschi orasidagi yagona qiz bokschi Yodgoroy Mirzayeva Olimpiada—2016 dagi ilk jangini kanadalik Bujold Mandiga qarshi o‘tkazdi.
To‘rt raund davom etgan jangda Yodgoroy raqibasiga yetarlicha qarshilik ko‘rsatganiga qaramay, yakunda imkoniyatni boy berdi va turnirni 1/8 finalda tark etdi.
O‘zbekiston tarixida Rio—2016 Olimpiadasiga qadar birorta ayol bokschi ishtirok etmagandi. Yodgoroy Mirzayeva bu borada birinchi bo‘ldi.
Izoh (0)