Oxirgi ikki oy mobaynida Nigerda ro‘y bergan toshqinlar oqibatida 46 ming kishi boshpanasiz qoldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat hukumati taqdim etgan ma’lumotlarga qaraganda, yog‘ingarchilik tufayli kelib chiqqan toshqinlar oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan. Nigerning cho‘l hududlari suv ostida qolgan. Eng ko‘p zarar Taxua va Agadez mintaqalariga yetdi.
“Bir qator aholi punktlarida qayd qilingan toshqinlar oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, 46296 boshpanasiz qoldi”, — deyiladi hukumat bayonotida.
Qurbonlar orasida bolalar ko‘pligi aytilmoqda. Bundan tashqari, 19 ming bosh chorva nobud bo‘lgan.
Jabrlanuvchilarga 326 tonna oziq-ovqat yordam tariqasida yuborilgan.
Izoh (0)